Qirgʻiziston YEIda ishlash evaziga Afgʻoniston va Afrikadan kelgan migrantlarni qabul qilishdan bosh tartdi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari Qirgʻizistonga qirgʻizistonliklarning Yevropada ishga joylashishi imkoniyati evaziga Afgʻoniston va Afrikadan kelgan migrantlarni qabul qilishni taklif etdi. Bishkek bunday tashabbusni muhokama qilishdan bosh tortdi, deb bayonot berdi mamlakat TIV rahbari Jeenbek Kulubayev. «Biz bunga qatiyatan qarshimiz. Qirgʻizistonliklar Yevropaga mustaqil ravishda borib ishlashlari mumkin. Bunday shartlarda maqsadli muzokaralar olib bormaymiz», — dedi vazir. Kulubayev shuningdek […]

Qirgʻiziston YEIda ishlash imkoniyati evaziga Afgʻoniston va Afrikadan kelgan migrantlarni qabul qilishga rozi boʻlmadi
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari Qirgʻizistonga qirgʻizistonliklarning Yevropada ishga joylashish imkoniyati evaziga Afgʻoniston va Afrikadan kelgan migrantlarni qabul qilishni taklif qildi. Bishkek bunday tashabbusni muhokama qilishdan bosh tortdi, deb bayonot berdi mamlakat Tashqi ishlar vazirligi rahbari Jeenbek Kulubayev.
«Biz bunga qatʼiyan qarshimiz. Qirgʻizistonliklar Yevropaga mustaqil ravishda borib ishlashlari mumkin. Biz bunday shartlarda maqsadli muzokaralar olib bormaymiz», — dedi ministr.
Kulubayev, shuningdek, nizo fonida Rossiyada boʻlib turgan migrantlar boshqa mamlakatlarga koʻchib oʻta boshlaganini taʼkidladi. Yoʻnalishlar orasida u Turkiya va AQShni tilga oldi.

