Qirg‘izistondagi zilzila kuchi Andijonda sezildi
Qirg‘izistonning Jalolobod hududida sodir bo‘lgan 4,3 magnitudali zilzila kuchi Andijon viloyatining qator hududlarida 2 ball ko‘rinishida sezildi.

Qirg‘izistondagi zilzila kuchi Andijonda ham sezildi
1-oktabr kuni soat 13:17 da Qirg‘izistonda zilzila yuz berdi, deya xabar bermoqda. 4,3 magnitudali yer silkinishining epitsentri Jalolobod hududiga to‘g‘ri kelgan. Chuqurligi: 10 km.
Hodisa Andijon viloyatining Xonobod shahri, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod va Jalaquduq tumanlarida 2 ball kuchida sezildi.
Avvalroq, 28-sentabr kuni tongda Toshkent viloyatining ayrim tumanlarida ham zilzila sodir bo‘lgandi. Uning kuchi epitsentr bo‘lgan Piskent tumanida 2−3 ball bo‘lib sezilgan.

