Sport

Qirg‘izistonda UFC turniri o‘tkazilishi mumkin — OAV

Qirg‘izistonda UFC turniri bo‘lishi mumkin — OAV

UFC o‘z turnirlaridan birini Qirg‘izistonda o‘tkazishi ehtimoli bor. Bu haqda MMA jangchisi Valentina Shevchenko jurnalistlarga ma’lum qildi.

“ UFC turniri Qirg‘izistonda o‘tkazilishini juda xohlayman va buning uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni qilaman. Tashkilot ham g‘oyamni qo‘llab-quvvatladi hamda unga qiziqish bildirdi. Umid qilamanki, tomonlar kelishuvga erishadi va biz Qirg‘izistonda UFC turnirini o‘tkazamiz ”, deydi Shevchenko.

Hozirda UFC’da Qirg‘iziston sharafini to‘rt nafar jangchi himoya qilmoqda. Ular Valentina Shevchenko, Miqtibek Orolbay uulu, Uran Satibaldiyev va Murtazali Magomedovdir.

Ma’lumot uchun, UFC shu kungacha dunyoning 33 ta davlatidagi 170 ta shaharda jami 788 ta turnir o‘tkazgan.

Osiyoda esa UFC turnirlari Birlashgan Arab Amirliklari, Xitoy, Yaponiya, Singapur, Janubiy Koreya, Saudiya Arabistoni, Ozarbayjon, Filippin va Qatarda o‘tkazilgan. Umuman olganda, UFC turnirlari asosan AQSH, Kanada, Braziliya hamda Yevropa, Osiyo va Okeaniyaning ayrim davlatlarida tashkil etib kelinadi. Biroq tashkilot Markaziy Osiyoda hali biror marta turnir tashkil qilmagan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.