Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Farg‘onada sezildi
Qirg‘izistonning Botken tumanida magnitudasi 3,4 ga teng bo‘lgan zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila kuchi Farg‘ona tumani, Quvasoy, Marg‘ilon va Farg‘ona shahrlarida 2−3 ball bo‘lib sezildi.

Qirg‘izistonda yuz bergan zilzila Farg‘onada ham sezildi
14-oktabr kuni soat 13:50 da Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonda ham sezilgan. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring markazi ma’lum qildi.
Zilzila magnitudasi epitsentr bo‘lgan Botken tumanida 3,4 ga teng bo‘lib, chuqurligi 10 kilometrni tashkil etgan. Zilzila epitsentri Toshkentdan 251 km janubiy-sharqda joylashgan.
O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:
Farg‘ona tumanida: 2−3 ball (18 km);
Quvasoy shahrida: 2−3 ball (20 km);
Farg‘ona shahrida: 2 ball (25 km);
Marg‘ilon shahrida: 2 ball (34 km).
Eslatib o‘tamiz, 1-oktabr kuni Qirg‘izistonning Jalolobod hududida sodir bo‘lgan 4,3 magnitudali zilzila kuchi Andijon viloyatining qator hududlarida 2 ball ko‘rinishida sezilgandi.

