Qirg‘iziston O‘zbekistonga ko‘mir eksportini oshirdi

Qirg‘iziston O‘zbekistonga ko‘mir eksportini sezilarli darajada oshirdi. 2026-yilning dastlabki olti oyida ko‘mir Qirg‘iziston uchun eng daromadli mahsulotlardan biriga aylandi, savdo profitsiti 44 725 700 dollardan oshdi. Natijada, ko‘mir va qo‘ng‘ir ko‘mir eksporti importdan 7,5 baravar ko‘p bo‘ldi. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston, Tojikiston va Xitoy eksportning asosiy yo‘nalishlari bo‘lgan.
Iyun oyida ko‘mir eksporti yanada oshdi. Yilning birinchi yarmida Qirg‘izistondan ko‘mir, qo‘ng‘ir ko‘mir va neft koksi eksporti 51 619 500 dollarga yetdi. Iyun oyida eksport sur’ati yuqori bo‘lib, bir oy ichida ko‘rsatkich 171 787,7 tonnaga (yoki 8 727 500 dollarga) oshdi.
Olti oy davomida Qirg‘iziston 29 624 900 dollarlik 626 562,3 tonna ko‘mir sotdi, bu 2025-yilning shu davriga nisbatan 10,7 foizga ko‘pdir. Asosiy xaridorlar quyidagilar bo‘ldi:
* O‘zbekiston – 28 million 695,3 ming dollarlik 600 ming 137,8 tonna;
* Xitoy – 818,6 ming dollarlik 24 ming 487,5 tonna.
Yanvar-iyun oylarida qo‘ng‘ir ko‘mir eksporti hajm jihatidan 52,8 foizga oshib, 21 910,9 ming dollarga teng 385 946,5 tonnani tashkil etdi. Iyun oyida sotuvlar ayniqsa keskin ko‘paydi. Qirg‘iziston qo‘ng‘ir ko‘mirining asosiy xaridorlari:
* O‘zbekiston – 13 million 276,2 ming dollarlik 253 ming 604,8 tonna;
* Tojikiston – 7 million 737,4 ming dollarlik 81 ming 927,3 tonna;
* Xitoy – 776 ming dollarlik 49 ming 407,7 tonna.
Shuningdek, 83,7 ming dollarga 262,8 tonna koks va neft bitumining barchasi O‘zbekistonga yetkazib berildi. Yaqinda O‘zbekiston Qirg‘iziston qoramolining ham asosiy xaridoriga aylangani xabar qilingan edi. Olti oy ichida Bishkek xorijga 14,8 ming boshdan ortiq qoramol sotgan bo‘lib, bu partiyaning deyarli barchasini o‘zbekistonliklar xarid qilgan.

