Dunyo

Qirgʻizistonda prezidentlik saylovi sanasi maʼlum boʻldi

Qirgʻizistonda prezidentlik saylovi sanasi belgilandi

Qirgʻiziston parlamenti deputatlari prezidentlik saylovi oʻtkaziladigan sanani tasdiqladilar. Ovoz berish amaldagi davlat rahbarining vakolat muddati tugaydigan yilning yanvar oyi toʻrtinchi chorshanbasida boʻlib oʻtadi.

Joʻqorgʻu Kenesh matbuot xizmati xabar berishicha, «Qirgʻiziston Respublikasi Prezidenti saylovini tayinlash toʻgʻrisida»gi qaror loyihasi bugun, 24 sentyabr kuni parlament yigʻilishida koʻrib chiqildi va qabul qilindi.

Ushbu masala boʻyicha Joʻqorgʻu Keneshning Konstitutsiyaviy qonunchilik, davlat tuzilishi, mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish va reglament qoʻmitasi raisi Gulnara Akimbayeva maʼruza qildi.

Shu tariqa, navbatdagi prezidentlik saylovi amaldagi davlat rahbarining vakolat muddati tugaydigan yilning yanvar oyi toʻrtinchi chorshanbasida, yaʼni 2027 yil 27 yanvarda boʻlib oʻtadi.

Ovoz berish sanasidan tashqari, deputatlar boʻlajak saylov kampaniyasiga doir boshqa oʻzgartirishlarni ham maʼqulladilar. Endilikda sudlanganligi olib tashlangan yoki jinoyat ishi oqlovsiz asoslar bilan tugatilgan shaxs prezident boʻla olmaydi. Ilgari nomzodning sudlanganligi boʻlmasligi kerak edi, biroq u olib tashlangan taqdirda saylovda ishtirok etishi mumkin edi.

Bundan tashqari, ovoz berish ilgarigidek dam olish kuni emas, balki ilk bor ish kunida boʻlib oʻtadi.

«Biz prezidentlik saylovini ish kunida oʻtkazishga qaror qildik. Xususan, saylovchilar faolligini oshirish maqsadida 27 yanvar chorshanba kuni boʻladi. Saylov uchastkalarida odamlar qanchalik koʻp boʻlsa, shaffoflik shunchalik yuqori boʻladi, korruptsion sxemalar yoʻlini toʻsish imkoniyatlari koʻpayadi va saylovchilarni sotib olishga imkoniyatlar kamayadi. Biz bunga qarshi, jumladan, shunday usullar bilan ham muvaffaqiyatli kurashyapmiz», — dedi Qirgʻiziston Joʻqorgʻu Keneshi spikeri Marlen Mamataliyev.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.