Qimmatçilik Italiyada yuz minglab odamlarni köçaga olib çiqdi
Italiyaning 60 dan ortiq şahrida 30-oktabr kuni yaşaş xarajatlari va harbiy sarflar oşişiga qarşi ommaviy namoyişlar bölib ötdi. Mamlakatda 24 soatlik umummilliy iş taşlaş ham ötkazildi.

Qimmatlik Italiyada yuz minglab odamlarni ko‘chaga olib chiqdi
ANSA agentligi xabariga ko‘ra, aksiyalarni tashkil qilgan USB kasaba uyushmasi namoyishlarda 1–1,5 million kishi qatnashganini ma’lum qilgan. Italiya Ichki ishlar vazirligi esa ishtirokchilar sonini 255 ming kishi deb baholagan.
Namoyishchilar, jumladan, uy-joy ijarasi va yoqilg‘i narxlari oshishidan norozilik bildirgan. Aksiyalarda «Bizga ko‘proq uy-joy kerak, ko‘proq bomba emas» degan shior ham yangragan.
Namoyishlar aksariyat shaharlarda tinch o‘tgan. Biroq Rim va Turinda kechga borib ayrim ishtirokchilar chiqindi qutilarini yoqib, politsiyachilarga turli buyumlarni uloqtirgan. Bunga javoban politsiya ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va suv purkagichlar qo‘llagan.
Ichki ishlar vaziri Matteo Pyantedozi ayrim shaxslarning tartibsizlik keltirib chiqarishga urinishlariga qaramay, fuqarolarning tinch namoyish o‘tkazish huquqi ta’minlanganini bildirgan.
DW xabariga ko‘ra, Italiyadagi aksiyalar so‘nggi haftalarda Fransiya va Belgiyada ham kuzatilgan norozilik namoyishlari to‘lqinining bir qismi bo‘lgan.
31-oktabr kuni Germaniyaning 30 dan ortiq shahrida ham shunday aksiyalar o‘tkazilishi kutilmoqda. Gen-Z regelt harakati chaqiruvi bilan namoyishga chiqadiganlar yashash xarajatlari oshishi va majburiy harbiy xizmatni qaytarish ehtimoliga qarshi fikr bildirish, ta’limga ajratiladigan mablag‘larni ko‘paytirishni talab qilishi kutilmoqda.

