Iqtisodiyot

Qaysi mamlakatlar dunyoga eng koʻp dizel yetkazib bermoqda?

2025-yilda AQSH kuniga oʻrtacha 1,26 million barrel dizel yonilgʻisi eksport qilib, dunyoda birinchi oʻrinni egalladi. Keyingi oʻrinlarni Rossiya va Saudiya Arabistoni band etdi.

Qaysi davlatlar dunyoga eng koʻp dizel yetkazib bermoqda?

Naked Science yoritgan Visual Capitalist infografikasida mamlakatlarning 2025-yildagi dizel eksporti koʻrsatkichlari solishtirilgan. Maʼlumotlar Joint Organisations Data Initiative — JODI va Neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti — OPEKning oylik statistikasi asosida yillik oʻrtacha qiymatlar tarzida hisoblangan.

AQShdan keyingi pogʻonada turgan Rossiya kuniga oʻrtacha 783,4 ming barrel, Saudiya Arabistoni esa 678,2 ming barrel dizel eksport qilgan.

Top beshlikka Hindiston va Janubiy Koreya ham kirgan. Ularning har biri sutkasiga 500 ming barreldan ortiq dizel yonilgʻisini tashqi bozorlarga yetkazib bergan.

AQSh yetakchiligi yirik qayta ishlash quvvatlari bilan izohlanadi

Materialda AQShning eksportdagi ustunligi, asosan, mamlakat neftni qayta ishlash sanoatining kattaligi bilan tushuntirilgan.

2026-yil yanvar holatiga koʻra, AQShda 130 ta faol neftni qayta ishlash zavodi mavjud boʻlgan. Ularning neftni birlamchi qayta ishlash boʻyicha jami quvvati sutkasiga 18,2 million barrelni tashkil etgan.

Baʼzi mamlakatlar eksportida qayta eksport ulushi yuqori

Niderlandiya, Singapur va Belgiya birgalikda jahon dizel eksportining 12,9 foizini taʼminlagan. Ammo bu hajmning sezilarli qismi qayta eksport hissasiga toʻgʻri keladi.

Bu davlatlar yirik savdo markazlari sifatida dizel yonilgʻisini import qiladi, saqlaydi, turli partiyalarni aralashtiradi va keyin boshqa bozorlarga yuboradi. Shu bois ularning eksport koʻrsatkichlari faqat oʻz zavodlarida ishlab chiqarilgan yonilgʻi hajmini anglatmaydi.

Yevropa eksportda yetakchi, biroq importga ham katta ehtiyoj sezadi

Mintaqalar kesimida Yevropa jahon dizel eksportining 35,3 foizi bilan birinchi oʻrinni egallagan. Yevropaning ushbu eksport hajmida Rossiya ulushi chorakdan koʻproqni tashkil etgan.

Yevropa eksportining katta qismi mintaqa ichidagi savdoga toʻgʻri keladi. Jumladan, Germaniya, Italiya va Ispaniyadagi neftni qayta ishlash korxonalari qoʻshni mamlakatlarga yonilgʻi yetkazib beradi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.