Iqtisodiyot

Qaysi hududlarda xorijiy korxonalar soni ko‘proq?

O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar eng ko‘p Toshkent shahrida joylashgan

Qaysi hududlarda xorijiy korxonalar soni ko‘proq?

2026-yil 1-sentyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokida 21 490 ta korxona va tashkilot faoliyat ko‘rsatgan.

Shulardan 13 412 tasi Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri kelgan. Bu jami korxona va tashkilotlarning 62,4 foizini tashkil etadi.

Toshkent viloyati 2 997 ta korxona bilan ikkinchi o‘rinda qayd etilgan. Keyingi o‘rinlarda Samarqand viloyatida 776 ta, Farg‘ona viloyatida 678 ta va Surxondaryo viloyatida 653 ta shunday korxona mavjud bo‘lgan.

Andijon viloyatida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 528 ta korxona va tashkilot faoliyat yuritgan. Buxoro viloyatida bu ko‘rsatkich 457 tani, Sirdaryo viloyatida esa 351 tani tashkil etgan.

Navoiy viloyatida 336 ta, Namangan viloyatida 331 ta, Jizzax viloyatida 290 ta korxona qayd etilgan. Qoraqalpog‘iston Respublikasida bunday korxonalar soni 271 tani, Xorazm viloyatida 216 tani, Qashqadaryo viloyatida esa 194 tani tashkil etgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.