Qaysi davlat harbiy tadqiqotlarga koʻproq sarflayotgani maʼlum boʻldi
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti maʼlumotlariga asoslangan reytingda AQSH mudofaa sohasidagi ilmiy tadqiqot va ishlanmalarga YaIMga nisbatan eng koʻp byudjet mablagʻi ajratayotgan davlat boʻldi. Har 1000 dollarlik YAIM hisobidan AQShda bu yoʻnalishga 3,64 dollar, Janubiy Koreyada esa 2,06 dollar sarflanmoqda.

Harbiy tadqiqotlarga eng ko‘p mablag‘ ajratayotgan davlat ma’lum bo‘ldi
Reytingda mamlakatlarning mutlaq xarajatlari emas, balki har 1000 dollarlik yalpi ichki mahsulotga to‘g‘ri keladigan byudjet ajratmalari inobatga olingan.
Ma’lumotlar OECD Economic Outlook hisobotining 2026-yildagi birinchi sonidan olingan. Reytingda asosan 2024-yil ko‘rsatkichlari yoki 2026-yil avgust holatiga ko‘ra mavjud bo‘lgan eng so‘nggi ma’lumotlardan foydalanilgan.
Reytingning ilk beshligi quyidagicha:
AQSH — har 1000 dollarlik YaIMga 3,64 dollar;
Janubiy Koreya — 2,06 dollar;
Buyuk Britaniya — 0,97 dollar;
Germaniya — 0,79 dollar;
Fransiya — 0,50 dollar.
AQSH katta tafovut bilan peshqadam
AQSH har 1000 dollarlik YaIM hisobidan mudofaa tadqiqotlari va yangi harbiy texnologiyalarni ishlab chiqishga 3,64 dollar yo‘naltirmoqda. Bu mamlakat YaIMining taxminan 0,364 foiziga teng.
Amerika ko‘rsatkichi ikkinchi o‘rindagi Janubiy Koreyanikidan qariyb 1,8 baravar, uchinchi o‘rindagi Buyuk Britaniyanikidan esa 3,7 baravardan ham yuqori.
AQSH mutlaq ko‘rsatkich bo‘yicha ham dunyoda eng yirik harbiy xarajatlarga ega davlat bo‘lib qolmoqda. 2025-yilda mamlakatning umumiy harbiy xarajatlari 954 mlrd dollarni tashkil etgan. Bu dunyodagi barcha harbiy xarajatlarning qariyb uchdan biriga teng.
AQSH harbiy byudjetining YaIMdagi ulushi 2025-yilda 2015–2022-yillardagi o‘rtacha yillik ko‘rsatkichga nisbatan pasaygan.
Shunga qaramay, 2026-yil aprelida Donald Tramp ma’muriyati huzuridagi AQSH harbiy idorasi 2027 moliya yili uchun mudofaa byudjetini rekord darajadagi 1,5 trln dollarga yetkazishni so‘radi. Bu 2026-yilgi moliyalashtirish darajasidan 42 foiz ko‘p.
Janubiy Koreya — yagona yaqin raqobatchi

