Mahalliy

Qashqadaryoda «Yoshlar — kelajak bunyodkorlari» V xalqaro ekologiya qurultoyi o‘tkazilmoqda

10-15 avgust kunlari Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanidagi "Lochin" bolalar oromgohida “Yoshlar – kelajak bunyodkorlari” V

Qashqadaryoda "Yoshlar — kelajak bunyodkorlari" V xalqaro ekologiya qurultoyi o‘tkazilmoqda.

Joriy yilning 10-15 avgust kunlari Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanidagi "Lochin" bolalar oromgohida "Yoshlar – kelajak bunyodkorlari" V xalqaro ekologiya qurultoyi bo‘lib o‘tmoqda.

Ushbu qurultoyda Rossiya, Ozarbayjon, Turkiya, Belarus, Qozog‘iston, Turkmaniston, Tojikiston davlatlaridan, shuningdek, O‘zbekistonning barcha hududlaridan jami 800 ga yaqin eko-faol yoshlar ishtirok etmoqda.

Tadbirning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan 35 tup daraxt ekish aksiyasi tashkil etildi. Shuningdek, jamoalar o‘zlarini ko‘rgazmali chiqishlar orqali tanishtirdilar, bunda asosiy e’tibor ularning ekologik g‘oyalariga qaratildi.

Qurultoy doirasida turli tanlov va musobaqalar, taqdimot va ko‘rgazmalar, uchrashuvlar, plogging va aksiyalar, loyiha hamda tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Jumladan, "Eng yaxshi ekologik loyiha", "Eng yaxshi "Yosh ekologlar" harakati Kengashi", "Eko-zakovat" va "Quvnoqlar va zukkolar" xalqaro musobaqalari kabi tanlovlar ham bo‘lib o‘tadi.

Ushbu xalqaro qurultoy yoshlarning ekologiya va ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi faolligini oshirish, ularni ekologiyani asrab-avaylashga keng jalb etish, ekologiya sohasidagi istiqbolli g‘oyalar va loyihalarini amalga oshirish, shuningdek, ekologik muammolar va ularning yechimlariga bag‘ishlangan takliflar ishlab chiqishga xizmat qiladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish uchun cookie fayllaridan foydalanamiz. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Siz qabul qilmaguningizcha hech narsa o‘lchanmaydi.