Mahalliy

Qashqadaryoda xavfli haydash aks etgan videodan soʻng haydovchilar topildi va jazolandi

Qashqadaryoda xavfli haydash aks etgan videodan soʻng haydovchilar topildi va jazolandi

Qashqadaryo viloyatining Gʻuzor tumanida toʻy marosimi vaqtida yoʻlda xavfli manyovrlar aks etgan videolar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalganidan soʻng, avtomobil haydovchilari maʼmuriy javobgarlikka tortildi. Kadrlarda ayrim mashinalar davlat raqami belgilarisiz harakatlangani koʻringan.

Huquq-tartibot idoralari xodimlari haydovchilarning shaxsini aniqlab, ular bilan profilaktik suhbatlar oʻtkazdi. Qoidabuzarlarga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning tegishli moddalari bilan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

IIV ushbu haydovchilarning qoʻpol qoidabuzarliklaridan jabr koʻrgan barchani 102 raqamiga yoki eng yaqin ichki ishlar organiga murojaat qilishga chaqirdi.

Avvalroq Toshkent viloyati Oʻrta Chirchiq tumanidagi «Mustaqillik» mahallasi aholisi A-373 yoʻlining 10-kilometridagi qayrilib olish joyi yopilganidan shikoyat qilgan edi. Buning oqibatida haydovchilar qariyb 7,3 kilometrlik qoʻshimcha aylanib oʻtish yoʻlini bosib oʻtishga majbur boʻlmoqda, shuningdek, aholi piyodalar uchun xavf-xatarlar mavjudligini ham koʻrsatib oʻtgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.