Mahalliy

Qashqadaryoda ikki xodim 3 ming dollarga OIV ekspertiza xulosasini o‘zgartirib bermoqchi bo‘ldi

Qashqadaryoda ikki nafar xodim OIV ekspertizasi xulosasini 3 ming AQSH dollari evaziga o‘zgartirib berishga uringanlikda ayblanib qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati ma’lum qildi.

Xabarga ko‘ra, Qashqadaryo viloyati OITSga qarshi kurashish markazining tumanlardagi OIV diagnostika laboratoriyalaridan birining laboranti fuqaroga nisbatan 1996-yilda tayinlangan ekspertiza xulosasini 3 ming dollar evaziga o‘zining mansabdor tanishlari orqali uning foydasiga ijobiy tomonga o‘zgartirib berishni va’da qilgan.

U pulni olayotgan vaqtida DXX va Bosh prokuratura huzuridagi departament xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qo‘lga tushgan.

Shundan so‘ng, tezkor tadbir davom ettirilib, laborantdan 2,5 ming dollarni olayotgan vaqtida Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining tuman bo‘limi boshlig‘i ham hibsga olingan.

Ayni paytda har ikki holat yuzasidan qonunbuzarlarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq “Andijon suv ta’minoti” tuman filiali boshlig‘i 8,5 ming dollar olayotganida ushlanganligi haqida xabar berilgan edi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.