Qashqadaryoda 856 nafar talabaning kontrakt puli to‘lab berilmoqda
Qashqadaryodagi 856 nafar talaba-yoshning oliy o‘quv yurtlarida tahsil olishi uchun jami 3 milliard 780 million

Qashqadaryo viloyatida 856 nafar talabaning kontrakt to‘lovlari qoplab berilmoqda.
Mamlakatimizda inson kapitalini rivojlantirish, yoshlarga sifatli ta’lim olish imkoniyatlarini yaratish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga katta e’tibor qaratilmoqda.
O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi arafasida Qashqadaryo viloyatida bu yo‘nalishdagi xayrli ishlar davom ettirilmoqda. Viloyat hokimi Murotjon Azimov tomonidan ehtiyojmand oilalar farzandlarining oliy ta’lim olishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida muhim qaror qabul qilindi.
Ushbu qarorga ko‘ra, Qashqadaryolik 856 nafar talaba-yoshning oliy o‘quv yurtlarida o‘qishi uchun jami 3 milliard 780 million 600 ming so‘m miqdorida kontrakt mablag‘lari ajratildi.
Mazkur amaliy yordam, birinchi navbatda, o‘qishga intilayotgan, ammo oilaviy sharoiti tufayli kontrakt to‘lovlarini qoplashda qiynalayotgan yoshlar uchun muhim ko‘mak bo‘ldi. Bundan tashqari, ushbu tashabbus xotin-qizlarning oliy ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish, ularning bilim va kasbiy salohiyatini oshirish hamda kelajakka bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qiladi.

