Mahalliy

Qashqadaryo va Jizzaxdagi nomsiz cho‘qqilar qayta nomlandi

Qashqadaryo va Jizzaxdagi nomsiz cho‘qqilarga yangi nomlar berildi

Qashqadaryo viloyatidagi Hisor davlat qo‘riqxonasining G‘elon bo‘limida joylashgan, shu paytgacha xalq orasida “nomsiz cho‘qqi” deb atalib kelgan balandlikka rasman “Muzqoya” nomi berildi. Jizzaxda joylashgan yana bir nomsiz cho‘qqi esa “Qirqqiz” deb qayta nomlandi. Bu borada Vazirlar Mahkamasining maxsus qarori qabul qilindi.

Hisor davlat qo‘riqxonasi boshlig‘i Qahramon Normurodovning aytishicha, yillar davomida bu balandlik oddiygina nomsiz cho‘qqi deb yuritilgan, unga ko‘plab nomlar taklif qilingan bo‘lsa-da, hozirgacha rasmiy nom berilmagan edi. Endilikda hukumat qaroriga ko‘ra, uning atrofi to‘liq muz bilan qoplangani sababli “Muzqoya” deb nomlandi.

Ma’lum qilinishicha, 81 ming gektardan ziyod maydonni egallagan qo‘riqxona hududida balandligi 2500 metrdan 4387 metrgacha bo‘lgan o‘nlab cho‘qqilar bor bo‘lib, balandligi 4360 metrni tashkil etuvchi ushbu nomsiz cho‘qqi ularning deyarli eng balandi hisoblanadi.

Shuningdek, qo‘riqxona ma’muriyati hududdagi barcha tabiiy obyektlar hisobini yuritib, jami 38 ta tabiiy obyektga nom berish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritganini bildirdi.

Bundan tashqari, Jizzax viloyatining Baxmal tumanidagi Turkiston tog‘ tizmasida, G‘o‘ralashsoy va Ko‘lsuv soylari oralig‘ida joylashgan, shu kungacha “nomsiz” deb kelinayotgan yana bir tog‘ cho‘qqisiga “Qirqqiz” nomi berildi.

Ma’lumot uchun, 2026-yil 9-iyulda Vazirlar Mahkamasining “Mamlakatdagi ayrim togʻ tizmalari, togʻlar, choʻqqilar, daralar, dovonlar va gʻorlarning nomlarini davlat tili qoida va meʼyorlariga muvofiqlashtirish hamda ularga yangi nom berish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan. Mazkur hujjat bilan respublika bo‘yicha jami 124 ta shunday geografik obyektning nomlarini tartibga solish va ularga yangi nom berish belgilangan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.