Mahalliy

Qarshi shahar soliq inspeksiyasi xodimlari 100 ga yaqin shaxsning mablag‘ini o‘zlashtirib yuborgani aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qarshi shahri bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan

Qarshi shahar soliq inspeksiyasi xodimlari 100 ga yaqin shaxsning mablag‘ini o‘zlashtirib yuborgani ma’lum bo‘ldi

Qashqadaryo viloyatida soliq to‘lovchilarning pullarini talon-toroj qilgan soliq xodimlari fosh etildi. Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qarshi shahri bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi.

Tekshiruvda Qarshi shahar soliq inspeksiyasi davlat soliq bosh inspektorlari M.A., Sh.T. va boshqalar 97 nafar soliq to‘lovchidan 122,6 mln so‘mni go‘yoki soliq qarzdorligini so‘ndirish maqsadida olgani, biroq ushbu mablag‘larni soliq to‘lovchilarning shaxsiy hisob-varag‘iga kirim qilmasdan, o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilgani aniqlandi.

Mazkur holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.