Mahalliy

Qarshi davlat texnika universiteti binosida yong‘in sodir bo‘ldi (video)

Qarshi davlat texnika universiteti binosida yong‘in yuz berdi (video)

Qarshi shahrida joylashgan Qarshi davlat texnika universiteti bosh binosining tom qismida yong‘in chiqdi.

Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga 14-sentyabr kuni soat 14:53 da yong‘in haqida xabar kelib tushgan.

Shundan so‘ng qutqaruv bo‘linmalari voqea joyiga yetib borgan. Yong‘in soat 15:57 da bartaraf etilgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar haqida ma’lumot kelib tushmagan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.