Dunyo

Qarol Karib dengizi boʻylab turii boshlanar ekan, «oʻtmishdagi azob-uqubatlar»ni tan oldi

Qirol toʻqqiz kunlik turneda boʻlib turibdi, ushbu tashrif davomida u uchta mamlakatga, jumladan Bagama orollari, Gayana hamda Antigua va Barbudaga tashrif buyuradi.

Qirol Charlz III qullik uchun kompensatsiya toʻlash talablariga toʻqnash kelar ekan, «oʻtmishdagi buyuk azob-uqubatlarni» tan olib, Karib havzasi boʻylab turnesini boshladi.

Bagama orollarida mahalliy yoshlarga bagʻishlangan tadbirda Qirol millat madaniyati «nursizlikdan tugʻilganini» aytib, tarixiy adolatsizliklarni tan olish «faqatgina toʻgʻri ish» ekanini qoʻshimcha qildi.

Uning toʻqqiz kunlik tashrifi Hamdoʻstlik davlatlari rahbarlarining uchrashuvi (CHOGM) bilan yakunlanadi, u yerda Qirolning taʼkidlashicha, yetakchilar mintaqaning qullik merosini muhokama qiladilar.

Uning monarx sifatidagi ilk tashrifi Karib havzasi mamlakatlari Buyuk Britaniyani qullar savdosidan foyda koʻrishdagi roli uchun kechirim soʻrashga chaqirayotgan bir paytda boʻlib oʻtmoqda.

Sayohat oldidan Bukingem saroyi Qirol turne davomida «mustamlakachilik merosi» va qul savdosining oqibatlari muhokamasidan qochmasligini, ammo Buyuk Britaniya hukumatining pozitsiyasiga muvofiq, Buyuk Britaniyaning qul savdosidagi roli uchun kechirim soʻramasligini yoki kompensatsiya toʻlamasligini bildirdi.

Seshanba kuni yetib kelganida, Qirol faxriy qorovulni koʻzdan kechirayotib, Qirollik Bagama mudofaa kuchlari aʼzolari bilan suhbatlashishdan oldin General-gubernator Dama Sintiya A. Pratt va Bosh vazir Filip Edvard Devis bilan uchrashdi.

Qora koʻzoynak va kulrang kostyum kiygan Qirol Charlzni ilk tadbir — Klifford parkida oʻtkazilgan yoshlar mitingiga yetib kelganida olqishlar bilan kutib olishdi. Bu 1973 yilda Uels shahzodasi sifatida Bagama orollari mustaqilligini nishonlash marosimida qatnashgan oʻsha joy edi.

Tadbirda qatnashgan yoshlarga shu munosabat bilan maktabdan javob berilgan edi. «Men uni TikTok’dan tashqari hayotda birinchi marta koʻrishim, u shu yerda, bu juda ajoyib», — dedi oʻquvchilardan biri BBC’ga.

Miting yaqinida kichik bir guruh namoyishchilar yigʻilib, «bizga qarzingizni toʻlang» va «oʻgʻirlangan eksponatlarni qaytaring» deb hayqirishdi.

Oʻntacha namoyishchi asosiy oʻtkazilish joyidan tashqarida ushlab turildi, chunki ular Qirolni Buyuk Britaniya hukumatining kechirim soʻrash va kompensatsiya toʻlash boʻyicha pozitsiyasini oʻzgartirishga yordam berishga undashgan edi.

«U nufuzli inson. Toj hali ham taʼsirga ega.va agar ular buni qilishmasa, biz respublikaga aylanamiz va sobiq mustamlakalarga hurmat koʻrsatmasangiz, Angliyaga orqa oʻgiramiz», dedi namoyishchilardan biri Sheron Purser-Kuper.

Nassaudagi nutqida Qirol iqlim oʻzgarishiga qarshi kurashish boʻyicha 50 yillik majburiyatiga toʻxtalib, Karib havzasining past-baland orollari duch kelayotgan qiyinchiliklarga ishora qildi va «dunyomiz sogʻayishni soʻrab hayqirmoqda» dedi.

U shuningdek, mitingdagi yoshlarni «oʻz rolingizni oʻynashdek muqaddas vazifani oʻz zimmangizga olishga» chaqirdi, chunki «kelajak yillarda bu har bir insonning oʻlchovi boʻlishi aniq — ular hayotimiz, farovonligimiz va xavfsizligimiz manbai boʻlmish Yer sayyorasiga gʻamxoʻrlik qilish daʼvatiga qanday javob berganliklari».

Qirol chorshanba kuni Bagama orollaridagi uchrashuvlarini davom ettiradi, u yerda Karib havzasining past-baland orollari iqlim oʻzgarishiga qanchalik zaif ekani haqida koʻproq bilib oladi.

Shuningdek, u Junkan udumi, madaniy festival va koʻcha paradi boʻlgan Bagama anʼanasi bilan tanishtiriladi.

Bukingem saroyining maʼlum qilishicha, Qirolning Karib havzasidagi uchta mamlakat boʻylab toʻqqiz kunlik turnesi qul savdosi merosi haqida fikr yuritish imkoniyatlarini oʻz ichiga oladi, yodgorliklar va boshqa xotira va xotirlash joylariga tashriflar rejalashtirilgan.

Saroy vojibi BBC’ga Qirolning turnedagi dasturi «birinchi navbatda koʻplab zamonaviy sherikliklar va kelajak uchun imkoniyatlarni yoritishga», ayniqsa «mintaqaga oʻzgartiruvchi taʼsir koʻrsatayotgan» imkoniyatlarga qaratilishini aytdi.

Vakilning qoʻshimcha qilishicha, Qirol uchun «turne ham yangi sayohat, ham oʻtmishimizning eng uyatli jihatlarini jalb qilishga, tushunishga va oʻrgatishga harakat qilgan umrbod sayohatning davomidir».

Saroyning taʼkidlashicha, bu mavzular toʻqqiz kunlik tashrif davomida davom ettiriladi.

Sayohat Bagama orollari, Gayana va Antigua va Barbuda hukumatlari bilan birgalikda tashkil etilgan boʻlib, oʻtmishni eʼzozlash bilan birga kelajak avlodlarning intilishlari va imkoniyatlariga nazar solishga urgʻu berilgan.

Shu hafta oxirida Qirol Gayanaga joʻnab ketadi, u yerda uning uchrashuvlari atrof-huhit va biologik xilma-xillikka qaratilgan boʻladi.

Soʻngra u Antigua va Barbudaga boradi, u yerda unga Qirolicha Kamilla qoʻshiladi, CHOGM va Hamdoʻstlik yetakchisi sifatidagi asosiy nutqi uchun.

Ikki yilda bir marta oʻtkaziladigan sammit 56 ta Hamdoʻstlik mamlakatlari rahbarlarini umumiy muammolarni muhokama qilish va hamkorlikni mustahkamlash uchun birlashtiradi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.