Mahalliy

Qariyb 800 ming fuqaroga 22 mlrd so‘mlik asossiz kommunal qarzdorlik qayta hisob-kitob qilindi

Raqobat qo‘mitasi o‘rganishlari natijasida asosiy yashash manzilida vaqtincha bo‘lmagan qariyb 800 ming fuqaroning kommunal xizmatlar bo‘yicha 22 mlrd so‘mga yaqin asossiz qarzi qayta hisoblandi. Qo‘mita billing tizimlarini migratsiya ma’lumotlari bazalari bilan integratsiya qilishni taklif etdi.

Qariyb 800 ming fuqaroga 22 mlrd so‘mlik asossiz kommunal qarzdorlik qayta hisoblab chiqildi

Raqobat qo‘mitasi o‘tkazgan o‘rganishlar natijasida asosiy yashash manzilida vaqtincha yashamagan qariyb 800 ming fuqaro foydasiga kommunal xizmatlar bo‘yicha 22 mlrd so‘mga yaqin asossiz qarzdorlik qayta hisob-kitob qilindi.

Ayrim abonentlar haqidagi ma’lumotlar amaldagi holatga mos kelmagan, yangi abonentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar esa tizimga kiritilmagan.

Raqobat qo‘mitasi tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda respublika bo‘ylab fuqarolar vaqtincha boshqa joyda yashagan yoki xorijda bo‘lgan davrda asosiy yashash manzili bo‘yicha ayrim kommunal xizmatlar uchun to‘lovlar hisoblangani holatlarini o‘rgandi.

O‘rganishlarda xorijda vaqtincha istiqomat qilayotgan, ishlayotgan, ish qidirayotgan va tahsil olayotgan fuqarolar haqidagi ma’lumotlarda tafovutlar borligi aniqlangan.

Xususan, tegishli davrda maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish xizmati ko‘rsatilmagan qariyb 800 ming nafar fuqaro, shuningdek, ichimlik suvi hisoblagichlari bilan ta’minlanmagan xonadonlarda yashamagan 100 nafarga yaqin fuqaro aniqlangan. Natijada xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar tomonidan qariyb 800 ming fuqaroning huquqlari tiklanib, ular foydasiga 22 mlrd so‘mga yaqin asossiz qarzdorlik qayta hisob-kitob qilinishi ta’minlangan.

Amaldagi me’yoriy hujjatlarga muvofiq, abonentlar sonidagi o‘zgarishlar tasdiqlovchi hujjatlar asosida aniqlangan taqdirda, qarzdorlik shaxslar soni o‘zgargan sanadan boshlab qayta hisob-kitob qilinadi. Tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmagan hollarda esa, qayta hisob-kitob o‘tgan uch oy uchun amalga oshiriladi.

Qo‘mita kommunal xizmatlar sohasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish maqsadida billing tizimlarini migratsiya ma’lumotlari bazalari bilan integratsiya qilishni taklif etdi. Shuningdek, chet elda bir oydan ortiq bo‘lgan abonentlar va ular bilan yashovchi shaxslar uchun O‘zbekistonga qaytib kelgunga qadar har oylik qayta hisob-kitob tizimini joriy etish bo‘yicha tegishli idora va tashkilotlarga takliflar berildi.

Avvalroq Raqobat qo‘mitasi tadbirkorlardan asossiz undirilgan 5,5 mlrd so‘mlik to‘lovlar yuzasidan hududiy elektr tarmoqlari korxonalariga nisbatan ish qo‘zg‘atgan edi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.