Pyon U Sok BTS a’zosi Jinga qo‘shni bo‘ldi: aktyor elita turar joy majmuasidan salkam 10 mln dollarga kvartira sotib oldi

Pyon U Sok BTS a’zosi Jinga qo‘shni bo‘ldi: aktyor elita turar joy majmuasidan salkam 10 mln dollarga kvartira sotib oldi
10-sentyabr kuni riyeltorlik va moliya doiralari vakillari Pyon U Sok Seulning Yonsangu tumanidagi Hannam The Hill majmuasidan 235 kvadrat metrli xonadon xarid qilganini ma’lum qildi. Aktyor bitim bo‘yicha may oyidayoq kelishib olgan, 2-sentyabrda esa xaridni yakunlab, mulk huquqini o‘z nomiga rasmiylashtirgan.
Ko‘chmas mulk hujjatlarida ipoteka yoki garov haqida hech qanday ma’lumot yo‘q, shu bois mutaxassislar Pyon U Sok summani naqd pulda to‘lagan bo‘lishi mumkin, deb taxmin qilmoqda. Agar bu tasdiqlansa, mazkur xarid joriy yilda kreditsiz amalga oshirilgan eng yirik ko‘chmas mulk bitimlaridan biriga aylanadi.
“Hannam The Hill” oddiy turarjoy majmuasi emas, balki maqom ramzi hisoblanadi. U 2011-yilda Dankuk universitetining eski kampusi o‘rnida barpo etilgan bo‘lib, 600 ta xonadonga ega 32 ta binodan iborat. Odatdagi osmono‘par binolardan farqli ravishda, bu yerda uylar kam qavatli, xonadonlar keng, ko‘kalamzor hududlar ko‘p va shaxsiy daxlsizlik darajasi yuqori.
Mazkur majmua Xannam-dongning Seulning eng nufuzli tumanlaridan biriga aylanishida muhim rol o‘ynagan. Bu yerda ko‘plab mashhur shaxslar yashaydi: aktrisa Ok Chju Xyon, aktyor So Ji Sop hamda BTS a’zosi Jin. U bu yerdan 2019-yilda 4,4 milliard von (3,2 mln dollar)ga xonadon sotib olgan, keyinroq yana birini, 2025-yilda esa uchinchisini 17,5 milliard von (salkam 13 mln dollar)ga xarid qilgan.
U serialda ovchi Son Chin U obrazini gavdalantirmoqda. Ushbu dorama ustidagi ishlar 2026-yil bahorida boshlangan va birinchi mavsum yetti qismdan iborat bo‘ladi. Loyiha striming xizmatining yirik ko‘lamdagi koreys seriallaridan biriga aylanishi kutilmoqda, Pyon U Sokning suratga olish maydonchasidagi hamkori esa Xan So Xi bo‘ladi.
Qizig‘i shundaki, aktyor suratga olish ishlari bilan birga Ayyu bilan ham iliq munosabatlarni saqlab kelmoqda — ular shu yil may oyida namoyishi yakunlangan “XXI asr shahzodasining rafiqasi” doramasida birga rol o‘ynagan. Yaqinda Pyon U Sok ijtimoiy tarmoqlarda qo‘shiqchining akkauntini belgilab, suratlar joylashtirdi. Rasmlarda aktrisa uni qo‘llab-quvvatlash uchun suratga olish maydonchasiga yuborgan shirinliklar ortilgan furgon aks etgan.
Fudtrak-keytering kompaniyasi ham suratga olish maydonchasidan kadrlar bilan bo‘lishdi va Ayyu butun suratga olish jamoasi uchun “Jahon yulduzi” deb nomlangan premium setga buyurtma berganini qayd etdi. Aktyor, shuningdek, sevgilisining sovg‘asidan tashqari, muxlislari yuborgan qahva furgonlarini ham ko‘rsatdi.

