Putszyanda O‘zbekiston–Xitoy biznes-forumi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Bosh konsulxonasi diplomatlari Xitoyning Szinxua shahriga tashrif buyurib, qator tadbirlarda ishtirok etdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Putszyanda O‘zbekiston–Xitoy biznes-forumi o‘tkazildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Bosh konsulxonasi diplomatlari Xitoyning Szinxua shahriga tashrif buyurib, bir qator tadbirlarda ishtirok etganini “Dunyo” AA muxbiri xabar qilmoqda.

Tashrif davomida Putszyan tumani hokimi Lyu Si bilan uchrashuv, O‘zbekiston–Xitoy biznes-forumi va yirik Xitoy kompaniyalari vakillari bilan muzokaralar o‘tkazildi.

Uchrashuvda Lyu Si O‘zbekiston va Xitoy yetakchilarining sa’y-harakatlari natijasida ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalar yuqori darajaga ko‘tarilganini ta’kidladi. U hamkorlikni yanada kengaytirish, qo‘shma loyihalar va tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga qiziqishini bildirdi.

Diplomatlarimiz esa tuman hokimini hududlararo hamkorlikni rivojlantirish maqsadida O‘zbekistonga taklif qildi. Lyu Si bu tashabbusni qo‘llab-quvvatlab, tumanning yirik kompaniyalari vakillaridan iborat biznes-missiya tashrifini amalga oshirishga tayyorligini ma’lum qildi.

O‘zbekiston–Xitoy biznes-forumi ham ikki davlat ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida yuqori darajada o‘tkazildi. Forumda O‘zbekistonning investitsiya salohiyati, mamlakatimizda investorlar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar va amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar taqdim etildi.

Tadbir davomida Xitoyning yetakchi kompaniyalari vakillari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazildi. Xususan, “Zhejiang Juyitang Garment Co., Ltd.” va “Zhejiang Pujiang Bohu Chain Co., Ltd.” kompaniyalari vakillari bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralarda O‘zbekistonda to‘qimachilik mahsulotlari va avtomobil shinalari uchun himoya zanjirlari ishlab chiqarishni tashkil etish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Shuningdek, “Pujiang Jida Home Textile Co., Ltd.” kompaniyasi raisi Ni Bulun kompaniyaning boshqa mamlakatlardagi korxonalari faoliyatida yuzaga kelgan qiyinchiliklar sababli ishlab chiqarishning bir qismini O‘zbekistonga ko‘chirish masalasiga to‘xtalib o‘tdi.

Uchrashuv yakunida joriy yil oxiriga qadar kompaniya vakillarining O‘zbekistonga tashrifini uyushtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.