Siyosat

Putinga ogohlantirish yoki Eron bilan muzokaralar: MRB rahbari nega Moskvaga keldi?

Bir necha kun oldin AQSH Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Jon Ratkliff eʼlon qilinmagan tashrif bilan Moskvaga keldi. Kreml buni «maxsus xizmatlar tarmogʻidagi aloqalar» bilan izohladi, Tramp esa Ukraina bilan muzokaralarga ishora qildi.

Putinga ogohlantirish yoki Eron bilan muzokaralar: MRB rahbari nega Moskvaga keldi?

25-avgust kuni bir nechta Amerika nashrlari Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB – CIA) direktori Ratkliffning Moskvaga uchib kelgani haqida xabar berdi. AQShning oʻzida bu borada rasmiy maʼlumot berilmagan boʻlsa-da, Flightradar24 maʼlumotlari Amerika harbiy samolyotining Moskvaning "Vnukovo" aeroportiga qoʻnganini va u yerda qariyb toʻqqiz soat boʻlganini tasdiqladi.

Bu Amerika razvedkasi rahbarining soʻnggi besh yildagi Rossiya poytaxtiga maʼlum boʻlgan ilk tashrifidir. Bungacha, 2021-yil noyabrida – Rossiya Ukrainaga keng koʻlamli bosqinni boshlashidan taxminan uch oy oldin – MRBning oʻsha paytdagi rahbari Vilyam Berns Putin bilan uchrashgan edi.

BBC nashri ushbu tashrif maqsadlari haqida "Vashingtonning ogohlantirishdan tortib, Rossiyani Eron bilan muzokaralarga jalb qilishgacha" boʻlgan farazlarni jamladi. Amerikaliklar MRB delegatsiyasining Moskvaga safari haqida Kiyevni oldindan ogohlantirgan va shu bois Ukrainadan 24-avgustdan 26-avgustgacha Moskva, Peterburg va Rossiyaning shimoliy hududlariga hujumlarni toʻxtatib turishni soʻragan.

26-avgust kuni tongda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Amerika razvedkasi rahbari Moskvaga uchib kelganini tasdiqladi. Peskovning maʼlum qilishicha, Ratkliff Rossiyaga "maxsus xizmatlar oʻrtasidagi aloqalar" uchun tashrif buyurgan. Shuningdek, Peskov Ratkliff Putin bilan uchrashmaganini aytdi va tashrifning boshqa tafsilotlarini keltirmadi.

Rossiya Tashqi razvedka xizmati rahbari Sergey Narishkin esa hafta boshida Moskvada MRB direktori Jon Ratkliff bilan "ishchi darajadagi uchrashuv" oʻtkazganini bildirdi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.