Putin Ukrainada tinchlik boʻyicha bildirilayotgan takliflarni “ekzotik” deb atadi
Bizga yetkazilayotgan takliflar baʼzan ekzotik xususiyatga ega va qabul qilib boʻlmaydi, dedi u.

Putin Ukrainadagi tinchlik takliflarini "gʻayrioddiy" deb baholadi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin jurnalist Pavel Zarubin bilan suhbatda Ukrainadagi mojaroni tinch yoʻl bilan hal qilish boʻyicha Moskvaga taqdim etilayotgan takliflarni "gʻayrioddiy" va "qabul qilib boʻlmaydigan" deb atadi. Uning taʼkidlashicha, Rossiya tinchlik muzokaralariga faqat mavjud voqeliklar asosida tayyor.
"Bizga yetkazilayotgan takliflar baʼzan, aytish mumkinki, gʻayrioddiy xususiyatga ega va qabul qilib boʻlmaydi. Biz tinchlik borasidagi muloqotga doim tayyormiz, biroq faqat mavjud realliklarga asoslangan holda", - dedi davlat rahbari.
Putin soʻzlariga koʻra, Rossiya qurolli kuchlarining javob choralari Ukraina iqtisodiyotining eng muhim tarmoqlaridagi vaziyatni "jiddiy darajaga" olib chiqmoqda, shu bois Kiyev rasmiylari vositachilar orqali oʻzlari qoʻzgʻatgan ushbu vaziyatdan chiqishga urinmoqda.
Moskvaga aynan qanday "gʻayrioddiy" tinchlik takliflari kelib tushgani haqidagi savolga Putin "tafsilotlarga berilishni" istamasligini bildirdi. Biroq u bunday takliflar avval ham bildirilganini, hozirgi vaziyatda esa ular "oʻziga xos tarzda taqdim etilayotganini" aytdi. "Ammo oldinga oʻtib, ehtimoliy kelishuvlarga nima asos boʻlishi mumkinligini aytishga hali erta", - deya qoʻshimcha qildi u.

