Prokuratura tezkor tadbirda kuchli dorilar sotuvchi shaxsni ushladi
U «Omnadren-250» nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini sotayotgan bo‘lgan.

Prokuratura tezkor tadbirda kuchli dorilar sotayotgan shaxsni qo‘lga oldi
Toshkent shahrida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxs ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shayxontohur tumani bo‘limi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi. Unda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro F.X. fuqaro M.O.ga 10 quti «Omnadren-250» nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

