Prezident Seulda Koreya Respublikasi bosh vazirini qabul qildi
Alohida strategik sheriklik munosabatlarini savdo-iqtisodiyot, investitsiyalar, texnologiyalar, transport-logistika sohalarida yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi

Prezident Seulda Koreya Respublikasi bosh vazirini qabul qildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Seul shahridagi o‘ziga ajratilgan qarorgohda Koreya Respublikasi Bosh vaziri Xan Son Suk bilan uchrashdi.
Uchrashuvda alohida strategik sheriklik munosabatlarini savdo-iqtisodiyot, investitsiyalar, texnologiyalar, transport-logistika yo‘nalishlarida yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Innovatsion-texnologik hamkorlikni chuqurlashtirishga ustuvor e’tibor qaratildi.
Savdo, moliya va investitsiya, raqamli iqtisodiyot hamda kiberxavfsizlik sohalarida, Koreyaning ilg‘or texnologiyalari va O‘zbekistonning xomashyo bazasidan foydalangan holda muhim minerallarni qayta ishlash borasida, shuningdek, transport va temir yo‘l infratuzilmasi hamda hududlararo aloqalar yo‘nalishlarida sheriklik istiqbollari muhokama qilindi.

