Prezident Samarqanddagi olimpiada qahramonlarini mukofotladi
46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi va 3-Parashaxmat olimpiadasida muvaffaqiyatli qatnashgan sportchilarni taqdirlash bo‘yicha farmon e’lon qilindi.

Prezident Samarqanddagi olimpiada qahramonlarini taqdirladi
Samarqand shahrida ilk bor tashkil etilgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi hamda 3-Parashaxmat olimpiadasida muvaffaqiyatli ishtirok etgan sportchilar mukofotlandi. Bu haqda prezidentning tegishli farmoni e’lon qilindi.
“O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni bilan:
- Madaminov Muxiddin Baxodirjon o‘g‘li — Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar milliy terma jamoasi a’zosi
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi” faxriy unvoni bilan:
- Abdusattorov Nodirbek Fazliddin o‘g‘li — Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar milliy terma jamoasi a’zosi
- Voxidov Shamsiddin Pulat o‘g‘li — Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar milliy terma jamoasi a’zosi
- Yakubboyev Nodirbek Murodbek o‘g‘li — Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar milliy terma jamoasi a’zosi
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi” faxriy unvoni bilan:
- Kasimjanov Rustam Mashrukovich — Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar milliy terma jamoasi bosh murabbiysi
- Shermuhammadov Samandar Nurulla o‘g‘li — Parashaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiysi
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni bilan:
- Sindarov Komil Oydinovich — O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi o‘rinbosari
“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan:
- Sindarov Javohir Sanjarbekovich — Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar milliy terma jamoasi a’zosi
“Do‘stlik” ordeni bilan:
- Mo‘minova Nafisa Alisherovna — Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi bosh murabbiysi
- Sattarov Bobir Muxamadi o‘g‘li — O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi bosh kotibi
- Talipov Rashid Azatovich — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining sport yo‘nalishi bo‘yicha mas’ul xodimi
“Mardlik” ordeni bilan:
- Vaxidov Jaxongir Tairovich — Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar milliy terma jamoasi a’zosi
- Zaynidinov Sirojiddin Savranbekovich — Parashaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
- Kakishova Selbi Saparbay qizi — Parashaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
- Kimsanboyev Axadxon Azizxon o‘g‘li — Parashaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
- Mamarajabov Sardorbek Zohidjon o‘g‘li — Parashaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
- Shayusupov Marsel Vyacheslavovich — Parashaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
“Kelajak bunyodkori” medali bilan:
- Abdisalimov Abdimalik Boxodir o‘g‘li — Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar milliy terma jamoasi a’zosi
- Azizov Komiljon Ikromovich — O‘zbekiston shaxmat federatsiyasining axborot texnologiyalari va shaxmat metodikasi bo‘yicha mutaxassisi
- Begmuratov Humoyun Xusniddinovich — Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar milliy terma jamoasi a’zosi
- Mardonov Javlon O‘tkir o‘g‘li — O‘zbekiston shaxmat federatsiyasining axborot texnologiyalari va shaxmat metodikasi bo‘yicha mutaxassisi
- Nig‘matov Ortiq Ravshan o‘g‘li — Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar milliy terma jamoasi a’zosi
- Suyarov Muxammadzoxid Shaxriyor o‘g‘li — Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar milliy terma jamoasi a’zosi
“Sog‘lom turmush” medali bilan:
- Djumayev Baxtiyor Melikulovich — O‘zbekiston shaxmat federatsiyasining musobaqalarni tashkil etish bo‘yicha mutaxassisi, sharhlovchi
- Imomqo‘ziyeva Nilufarxon Nodirbek qizi — Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi a’zosi
- Karimova Guldona Abubakir qizi — Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi a’zosi
- Omonova Umida Shuhrat qizi — Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi a’zosi
- Toxirjonova Gulruxbegim Alisher qizi — Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi a’zosi
- Xamdamova Afro‘za Akbarovna — Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi a’zosi.

