Prezident robototexnika bo‘yicha xalqaro musobaqada g‘olib bo‘lgan O‘zbekiston jamoasi a’zolarini mukofotladi
O‘zbekiston jamoasi robototexnika bo‘yicha FIRST Global Challenge xalqaro musobaqasida chempion bo‘ldi. Ular o‘rmon yong‘inlarining oldini olish hamda zararlangan hududlarni qayta tiklash mavzusiga bag‘ishlangan 16 ta o‘yinning barchasida g‘olib bo‘ldi. Jamoa a’zolari prezident tomonidan mukofotlandi.

Prezident robototexnika bo‘yicha xalqaro musobaqada zafar qozongan O‘zbekiston jamoasi a’zolarini taqdirladi
2026-yil 7−10-oktabr kunlari Janubiy Koreyaning Incheon shahrida o‘tkazilgan robototexnika bo‘yicha FIRST Global Challenge xalqaro musobaqasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi 16 ta o‘yinning barchasida g‘alaba qozonib, turnir chempioniga aylandi.
O‘rmon yong‘inlarining oldini olish va zararlangan hududlarni qayta tiklash mavzusiga bag‘ishlangan ushbu tadbirda qariyb 190 ta davlat qatnashdi. O‘zbekiston vakillari umumiy reytingda Meksika va Xitoydan oldinda bo‘ldi.
Shuningdek, o‘zbekistonliklar Venesuela, Salvador va Moldova jamoalari bilan tuzilgan xalqaro ittifoq tarkibida turnir finalining oltin medallarini qo‘lga kiritdi.
Ular 12-oktabr kuni Toshkentda tantanali tarzda kutib olindi.
13-oktabr kuni Shavkat Mirziyoyevning farmoniga binoan terma jamoa a’zolari mukofotlandi.
Keyingi musobaqa 2027-yilda Ispaniyaning Madrid shahrida bo‘lib o‘tadi.

