Mahalliy

Prezident oʻqituvchilar uchun yangi imtiyozlarni eʼlon qildi

Milliy sertifikatga ega oʻqituvchilarning oyligiga qoʻshimcha 50 foiz ustama toʻlanadi.

Prezident oʻqituvchilar uchun yangi imtiyozlarni maʼlum qildi

Oʻqituvchilar uchun yangi imtiyozlar eʼlon qilindi. Prezident Shavkat Mirziyoyev oʻqituvchi va murabbiylar bilan uchrashuvda pedagoglarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan yangi choralarni maʼlum qildi.

- milliy sertifikatga ega oʻqituvchilarning oylik maoshiga qoʻshimcha 50 foiz ustama beriladi;

- har yili 208 ta tuman va shahardagi lider oʻqituvchilarga 30 mln soʻmdan mukofot topshiriladi;

- har yili 1 000 nafar oʻqituvchi Buyuk Britaniya, Frantsiya, Singapur kabi davlatlarga stajirovkaga yuboriladi;

- kamida 15 yillik ish stajiga ega pedagoglarning farzandlariga OTM kontrakti uchun foizsiz kredit ajratiladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.