Mahalliy

Prezident farmoni bilan 264 kishi O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilindi

Prezident farmoni bilan 264 nafar shaxs O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilindi

Shavkat Mirziyoyev mamlakat mustaqilligining 35 yilligi arafasida 264 nafar shaxsni O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanali xabar berdi.

“2000-yilda ko‘chib kelganman. Ko‘p yillar davomida Tojikistonga bora olmadim. Onam vafot etganida uni so‘nggi yo‘lga kuzata olmadim”, deydi telekanal lavhasida Xursanoy Jumaboyeva. U Tojikistonda tug‘ilgani va 26 yildan buyon Toshkent viloyatida yashab kelayotganini aytdi.

Robiya Qahhorova esa fuqarolikni 40 yil kutganini ma’lum qildi.

“Fuqaroliging bo‘lmasa, juda qiyin. O‘n yil davomida ‘4-forma’ bilan yurdik… Fuqarolik berilishini aytishdi. Kechqurun ishdan kelsam, jiyanim yugurib kelib: ‘Amaki, yangilik bor’, dedi. Xursandligimdan qichqirib yubordim”, deydi Otabek Rasulov.

Qayd etilishicha, fuqarolikka qabul qilingan 264 kishining 90 nafari Surxondaryo viloyatida istiqomat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan keyin 1991–2007-yillar oralig‘ida 482 nafar fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga O‘zbekiston fuqaroligi berilgan. 2007–2016-yillar davomida esa fuqarolikka qabul qilish holatlari qayd etilmagan.

2016-yildan boshlab esa qariyb 26 ming kishi O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilindi. Fuqarolikni tan olish institutining joriy etilishi natijasida esa 60 mingdan ortiq shaxs O‘zbekiston fuqarosi deb tan olindi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.