Prezident bugun Xorazmga boradi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 17-avgust kuni Xorazm viloyatiga tashrif buyuradi. Davlat rahbari hududda amalga oshirilayotgan qator yangi loyihalar va yaratilgan infratuzilma bilan tanishadi.

Prezidentning Xorazm viloyatiga bugungi tashrifi kutilmoqda. Safar davomida davlat rahbari sanoat, ta’lim, transport, turizm kabi sohalardagi yangi loyihalar bilan tanishishi rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, viloyatda bir qancha yangi loyihalarni ishga tushirish va ularning qurilishiga start berish ko‘zda tutilgan. Tashrif doirasida, 18-avgust kuni prezidentning tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqoti ham bo‘lib o‘tadi.

