Prezident asalarichi Baxtiyar Jubayevni “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirladi

Prezident asalarichi Baxtiyar Jubayevni “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotladi
Shavkat Mirziyoyevning Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi chog‘ida prezident bilan uchrashib, “Fidoyi asalarichi” ko‘krak nishonini ta’sis etish bo‘yicha taklif bildirgan Nukus tumanidagi asalarichilik xo‘jaligi rahbari Baxtiyar Jubayev “Do‘stlik” ordeniga sazovor bo‘ldi.
Qayd etilishicha, u o‘zining izlanuvchanligi va ishbilarmonligi bilan mamlakatda asalarichilikni rivojlantirish, sohada istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga munosib hissa qo‘shib kelayotgani uchun mukofotlangan.
Shuningdek, Jubayev kooperatsiya asosida faoliyatini kengaytirib, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi bandligini ta’minlash va farovonligini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish borasida alohida tashabbuskorlik ko‘rsatayotgani ham alohida ta’kidlangan.

