Prezident AQSh senatori bilan strategik sheriklikni muhokama qildi
So‘nggi yillarda ikki tomonlama hamkorlikni har qachongidan ham yuqori darajaga ko‘tarishga erishilgani, muloqotlar va delegatsiyalar

Prezident AQSh senatori bilan strategik sheriklikni muhokama qildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3-sentyabr kuni AQSh Kongressi senatori, Senatdagi Markaziy Osiyo bo‘yicha kokus hamraisi Stiv Deynsni qabul qildi.
Uchrashuv boshida AQSh senatori davlatimiz rahbari va xalqimizni mamlakat mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etib, tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tiladi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada mustahkamlash hamda parlamentlararo hamkorlikni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.
So‘nggi yillarda ikki tomonlama aloqalarni har qachongidan ham yuqori bosqichga olib chiqishga erishilgani, muloqotlar va delegatsiyalar almashinuvi jadal tus olgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi. Energetika, muhim minerallar, transport, qishloq xo‘jaligi, raqamli texnologiyalar va sanoat yo‘nalishlarida yirik loyihalar izchil amalga oshirilmoqda.
Hududlar o‘rtasidagi, xususan, senator vakili bo‘lgan Montana shtati bilan aloqalarni yanada rivojlantirish istiqbollariga alohida urg‘u berildi.
«S5+1» formatidagi hamkorlik hamda xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

