Prezident Andijonda yangi quvvatlarni ishga tushiradi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga ikki kunlik tashrif buyuradi. Safar davomida qator yangi quvvatlarni ishga tushirish, istiqbolli loyihalar qurilishini boshlash va viloyatni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini muhokama qilish rejalashtirilgan.

Prezident Andijonda yangi quvvatlarni ishga tushiradi
Tashrif dasturidan hududning sanoat va investitsiya salohiyati, energetika, qishloq xoʻjaligi, transport, turizm hamda boshqa yoʻnalishlardagi loyihalar bilan tanishish ham oʻrin olgan.
Davlat rahbari mahallalarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarini ham koʻzdan kechiradi. Shuningdek, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish va istiqbolli loyihalar qurilishiga start berish rejalashtirilgan.
Safar doirasida Andijon viloyatini yanada rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlariga bagʻishlangan yigʻilish ham boʻlib oʻtadi.

