Mahalliy

Prezident administratsiyasi rahbarining farmoyishlari bilan yangi tayinlovlar amalga oshirildi

Bungacha ham bir qator lavozimlarda o‘zgarish bo‘lgandi

Prezident administratsiyasi rahbari farmoyishlari asosida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi rahbarining farmoyishlari bilan bir qator lavozimlarga tayinlovlar amalga oshirildi.

Ulug‘bek Mirkamalovich Aripov O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi hamda shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Komplayens xizmati sho‘ba mudiri lavozimidan ozod etildi;

Jamshid Jaxongirovich Mirzayev O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi;

Atabek Valijanovich Allaberganov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi;

Sardor Alisherovich Mirzayev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Komplayens xizmati sho‘ba mudiri lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.