Poytaxt hokimligi 2034 yilgacha berilgan reklama pasportlarini bekor qilmoqchi: tadbirkor va davlat organlari o‘rtasida huquqiy bahs yuzaga keldi .

Toshkent shahrida dizayn-kod kuchga kirgach, Raqamli rivojlanish departamenti ko‘p qavatli uylar tomiga o‘rnatilgan reklama konstruksiyalarini demontaj qilish bo‘yicha tadbirkorlarga talabnomalar yubora boshladi. .

Poytaxt hokimligi 2034 yilgacha berilgan reklama pasportlarini bekor qilishni rejalashtirmoqda: tadbirkorlar va davlat organlari o‘rtasida huquqiy bahs yuzaga keldi.

Toshkent shahrida dizayn-kod kuchga kirgach, Raqamli rivojlanish departamenti ko‘p qavatli uylar tomiga o‘rnatilgan reklama konstruksiyalarini demontaj qilish uchun tadbirkorlarga talabnomalar yuborishni boshladi. Tadbirkor Kun.uz’ga yo‘llagan murojaatida reklama joylari uchun davlatga yuz millionlab so‘m to‘laganini, reklama pasportlari esa yana bir necha yil davomida amal qilishi kerakligini ta’kidlamoqda. Yangi talablar sababli biznes bu huquqlardan muddatidan oldin mahrum bo‘lmoqda. Masala atrofida tadbirkor, Toshkent shahar hokimligi va Adliya vazirligi turlicha huquqiy talqinlarni ilgari surmoqda.

Single Media Group MChJ Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, kompaniya 2025 yilda Toshkent shahar hokimligi huzuridagi Raqamli rivojlanish departamentidan ko‘p kvartirali uylar tomiga reklama konstruksiyalarini joylashtirish bo‘yicha ikki reklama joyi pasportini olgan. Ulardan biri 2030 yilgacha, ikkinchisi esa 2034 yilgacha amal qilishi belgilangan.

Biroq 2026 yil may oyida kompaniyaga yuborilgan bildirishnomada Toshkent shahrining dizayn-kodi kuchga kirgani, unga ko‘ra ko‘p kvartirali uylar tom qismida reklama konstruksiyalarini joylashtirish taqiqlangani sabab reklama konstruksiyalarini 10 kun ichida demontaj qilish talab qilingan. Departament reklama joyi pasportlarini bekor qilish choralari ko‘rilayotganini ma’lum qilgan.

Tadbirkor: «Biz qonuniy ruxsatnoma asosida investitsiya qilganmiz»

Kompaniya vakilining aytishicha, reklama joylari uchun davlatga katta miqdorda to‘lovlar amalga oshirilgan. Xususan, Shota Rustaveli ko‘chasidagi reklama joyi uchun shu kungacha 270,4 mln so‘m, Chilonzor tumani, Olmazor dahasidagi reklama joyi uchun esa 69,4 mln so‘m to‘langan.

Tadbirkor reklama pasportlari 2030 va 2034 yilgacha amal qilishiga ishonib investitsiya kiritganini, yangi dizayn-kod esa ilgari berilgan huquqlarni bekor qilayotganini ta’kidlamoqda.

Kompaniya Ombudsmanga yo‘llagan murojaatida bir nechta huquqiy asoslarni keltirgan.

Birinchidan, tadbirkor prezidentning 2026 yil 5 fevraldagi PQ-48-son qaroriga tayanmoqda. Mazkur hujjat bilan ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimi takomillashtirilgan bo‘lib, unda uylarning umumiy mol-mulkidan olinadigan daromadlar qatorida reklama joylashtirishdan tushadigan mablag‘lar ham ko‘rsatilgan. Qarorga ko‘ra, reklama, mobil aloqa antennalari va boshqa umumiy mol-mulkni ijaraga berishdan tushadigan daromadlar ko‘p kvartirali uyning bank hisobraqamiga yo‘naltiriladi hamda mulkdorlarning daromadi hisoblanadi.

Shuningdek, qarorning 9-ilovasida ishchi guruhlarga ko‘p kvartirali uylarning reklama joylashtirish mumkin bo‘lgan joylarini aniqlash vazifasi yuklatilgan.

Tadbirkor aynan shu normalarga tayanib, Prezident qarorida reklama konstruksiyalarini, jumladan tom qismida reklama joylashtirishni taqiqlovchi norma mavjud emasligini, aksincha reklama joylashtirish daromad manbayi sifatida e’tirof etilganini ta’kidlamoqda.

Ikkinchidan, kompaniya “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi qonunning 41-moddasiga murojaat qilib, normativ-huquqiy hujjatlar orqaga qaytish kuchiga ega emasligini eslatmoqda. Uning fikricha, dizayn-kod kuch