Sport

Portugaliyalik 25 yoshli futbolchi o‘rtoqlik o‘yini vaqtida vafot etdi

Portugaliyalik 25 yoshli futbolchi Kevin de Kashtru o‘rtoqlik o‘yini chog‘ida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda A Bola nashri ma’lum qildi.

Voqea "Real Massama" va "Eshtrala" jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvida sodir bo‘lgan. "Real Massama" jamoasiga yaqinda qo‘shilgan de Kashtru o‘yinning 10-daqiqasida hushini yo‘qotgan.

Ikkala jamoaning shifokorlari darhol birinchi yordam ko‘rsatishgan va defibrillyatordan foydalanishgan. Ammo futbolchining hayotini saqlab qolishning iloji bo‘lmagan. U shifoxonaga olib ketilgan, biroq shifokorlar uning vafot etganini tasdiqlashgan.

De Kashtru 16-avgust kuni 25 yoshga to‘lgan edi.

"Eshtrala" klubi futbolchining oila a’zolari va yaqinlariga, shuningdek, "Real Massama" rahbariyati va klubning barcha vakillariga chuqur hamdardlik bildirdi.

De Kashtru Portugaliyada tug‘ilgan, ammo bolaligida Angliyaga ko‘chib o‘tgan. U yerda "Vest Bromvich", "Byorton Albion", "Notts Kaunti" va "York Siti" klublarida o‘ynagan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.