Dunyo

Portugaliyada yuzni butunlay yopib yurish taqiqlandi

Portugaliyada jamoat joylarida yuzni to‘liq yopib yurishni taqiqlovchi qonun kuchga kirdi. Prezident tomonidan tasdiqlangan ushbu qonun o‘ng qanot partiyalari tomonidan ilgari surilgan bo‘lib, asosan musulmon ayollarning yuzni to‘liq berkituvchi kiyimlarini cheklashni nazarda tutadi.

Qonun matnida ta’kidlanishicha, "yuz inson shaxsiyati va muloqotining markaziy elementi sifatida qaralishi kerak". Mahalliy OAV tomonidan "burqa qonuni" deb nomlangan bu hujjat iyul oyida parlament tomonidan qabul qilingan edi. Unga hukmron o‘ng koalitsiya va o‘ng qanot vakillari ovoz bergan bo‘lsa, so‘l partiyalar qarshi chiqqan.

Yangi qonun jamoat joylarida yuzni berkitadigan yoki shaxsni aniqlashga to‘sqinlik qiladigan kiyimlarni kiyishni man etadi. Shuningdek, jinsi, dini, yoshi yoki kelib chiqishi sababli shaxsni yuzini berkitishga majburlash ham taqiqlanadi.

Huquq himoyachilari bunday taqiqlarni ayollarning kiyinish erkinligini cheklovchi va ularning huquqlarini buzuvchi harakat deb baholamoqda. Prezident Seguru bu masalaning ijtimoiy va madaniy jihatdan juda nozik ekanligini tan olgan.

Qonunni buzgan shaxslarga 150 yevrodan 3000 yevrogacha (taxminan 170 dollardan 3500 dollargacha) jarima solinishi belgilangan. Biroq, sog‘liqni saqlash, kasbiy faoliyat, ijodiy sabablar yoki ob-havo sharoitlari bilan bog‘liq holatlar uchun istisnolar mavjud. Shuningdek, ibodatxonalar, diplomatik vakolatxonalar va samolyotlar ichida yuzni berkitishga ruxsat beriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Avstriya maktablarida 14 yoshgacha bo‘lgan qizlarga ro‘mol o‘rash taqiqlangani haqida xabar berilgan edi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.