Mahalliy

Polshada vafot etgan ikki o‘zbekistonlikning jasadi vatanga olib kelindi

Polshada avgust va sentabr oylarida vafot etgan ikki nafar O‘zbekiston fuqarosining jasadi vatanga olib kelindi. Ulardan biri Olshtinda balandlikdan yiqilib, ikkinchisi Shetsinda qoqsholdan vafot etgan. Xarajatlar Migratsiya jamg‘armasi hisobidan qoplandi.

Polshada vafot etgan ikki o‘zbekistonlikning jasadi vatanga olib kelindi

Polshada hayotdan ko‘z yumgan ikki nafar O‘zbekiston fuqarosining jasadi Vatanga qaytarildi, deb xabar bermoqda.

Xususan, 24-avgust kuni Olshtin shahrida balandlikdan yiqilib, og‘ir bosh miya jarohati olgan J.X. vafot etgan. Uning jasadi 5-sentabr kuni O‘zbekistonga olib kelingan.

Shuningdek, 5-sentabr kuni Shetsin shahrida T.E. vafot etgan. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, uning o‘limiga qoqshol sabab bo‘lgan. Jasad 20-sentabr kuni Toshkentga olib kelingan.

Har ikki holatda ham O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasi mamlakat hukumati organlari bilan birgalikda jasadlarni vatanga qaytarish jarayonini muvofiqlashtirgan.

Jasadlarni olib kelish bilan bog‘liq barcha xarajatlar Migratsiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplangan.

Avvalroq Istanbul shahrida farmatsevtik vositadan zaharlanish oqibatida vafot etgan O‘zbekiston fuqarosining jasadi vatanga qaytarilgan edi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.