Polshada Bosh vazir Tuskga suiqasd uyushtirishni rejalashtirishda gumon qilingan shaxs qoʻlga olindi
Politsiya Donald Tusk va uning mudofaa vaziriga qarshi ehtimoliy hujumlar haqida ishonchli maʼlumot oldi.

Polshada bosh vazir Tuskga suiqasd uyushtirishni rejalashtirganlikda gumon qilingan shaxs qoʻlga olindi
Polsha Bosh vaziri Donald Tusk oʻziga va mudofaa vaziriga qarshi suiqasd uyushtirishni rejalashtirganlikda ayblanayotgan shaxs qoʻlga olinganini maʼlum qildi.
Ichki ishlar vazirligi avvalroq politsiya Tusk va Vladislav Kosinyak-Kamishga qarshi mumkin boʻlgan hujumlar haqida ishonchli maʼlumot olganini bildirgan edi.
Rejalashtirilgan hujumlar tafsilotlari olingach, yakshanba kuni xavfsizlik xizmatlari maxsus yigʻilish oʻtkazdi, vakilning soʻzlariga koʻra, rasmiylar tahdidga "juda jiddiy" munosabat bildirmoqda.
Maxsus xizmatlar koordinatorining matbuot kotibi Yatsek Dobjinskiy mahalliy OAVga ushbu gumonlanuvchi Quyi Sileziya regionida hibsga olingani va u Polsha fuqarosi ekanini aytdi.
"Bu holatda gap ushbu tahdidlarning amalda amalga oshirilishi ehtimoli yuqori ekani haqida bormoqda", dedi u.
Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Karolina Galetskaning taʼkidlashicha, vazirlar xavfsizligi uchun masʼul boʻlgan Davlat himoya xizmati politsiyaga mumkin boʻlgan hujum haqidagi maʼlumotni oʻz ichiga olgan elektron pochta xabarini yuborganida ushbu reja fosh etilgan.
Tusk 2007 yildan 2014 yilgacha ushbu lavozimda ishlaganidan soʻng, 2023 yildan beri yana Polsha bosh vaziri boʻlib kelmoqda.
U shuningdek, 2014 yildan 2019 yilgacha Yevropa kengashi prezidenti boʻlgan.

