Siyosat

Polsha Rossiya va Belarus bilan chegaralarni yopib raketalar joylashtirmoqchi

Polsha Rossiya va Belarus bilan chegaralarni yopishga va raketalar joylashtirishga tayyorlanmoqda.

Polsha zarurat tug‘ilganda Rossiya va Belarus bilan chegaradosh barcha o‘tkazish punktlarini to‘liq yopishga tayyor. Bu haqda The Moscow Times nashri mamlakat mudofaa vaziri Vladislav Kosinyak-Kamishga tayanib xabar berdi.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Varshava “Sharqiy qalqon” dasturi doirasida o‘zining sharqiy chegaralarida 1000 kilometrgacha bo‘lgan masofadagi nishonlarni ura oladigan raketalarni joylashtirishni rejalashtirmoqda. Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabarida aytilishicha, bu 1000 kilometrdan oshadigan masofada strategik va 1000 kilometrgacha bo‘lgan masofada operativ tiyib turishni anglatadi.

Kosinyak-Kamishning aniqlik kiritishicha, uzoq masofaga uchuvchi qurollar, jumladan, Homar A yalpi o‘t ochish reaktiv tizimi Polsha Qurolli kuchlari safiga kiritib bo‘lingan.

U, shuningdek, “Sharqiy qalqon” loyihasi milliy chegara doirasidan chiqib bo‘lganini ta’kidladi. Dasturni amalga oshirishda Germaniya harbiylari ishtirok etmoqda, tez orada AQSH, Buyuk Britaniya va Fransiya muhandislik bo‘linmalari ham jarayonga qo‘shiladi. Vazirning so‘zlariga ko‘ra, bu butun alyans o‘ziniki deb qabul qilgan tiyib turish va mudofaa falsafasidir.

Uning qo‘shimcha qilishicha, sharqiy chegarani mustahkamlash uchun taxminan 10 milliard yevro ajratilgan.

“Sharqiy qalqon” dasturiga 2024-yilda start berilgan edi. Polsha Mudofaa vazirligi rahbarining aytishicha, ikki yil ichida Polsha qo‘shinlari chegaraning ko‘plab hududlarida dastlabki operativ tayyorgarlik holatiga erishadi. Avvalroq Polshada doimiy AQSH harbiy bazasini tashkil etish rejalashtirilayotgani haqida xabar berilgandi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.