Polina Kudermetova Chennai Open chorak finaliga chiqdi
Oʻzbekistonlik tennischi Oksana Selexmetyevani 6:3, 6:0 hisobida magʻlub etdi va Hindistondagi WTA 250 turniri sovrini uchun kurashni davom ettiradi.

Polina Kudermetova Chennai Open chorak finaliga yoʻl oldi
Oʻzbekistonlik tennischi Polina Kudermetova Hindistonda oʻtkazilayotgan WTA 250 toifasidagi Chennai Open turnirining chorak finaliga chiqdi.
Ikkinchi bosqich uchrashuvida Oʻzbekiston vakilasi dunyoning 122-raketasi boʻlib turgan Oksana Selexmetyevaga qarshi kortga chiqdi va ikki setda — 6:3, 6:0 hisobida gʻalaba qozondi.
Chorak finalga chiqqani uchun Kudermetova 54 reyting ochkosini qoʻlga kiritdi. Layv-reytingning dastlabki prognoziga koʻra, u 867 ochko bilan jahon reytingida 81-oʻringa koʻtarilishi mumkin.
Tennischining rasmiy oʻrni WTA reytingining navbatdagi yangilanishidan soʻng maʼlum boʻladi.

