Dunyo

Pokistonning Afgʻonistonga bergan aviazarbasi oqibatida uch kishi halok boʻldi

Pokistonning Afgʻonistonga bergan aviazarbasi natijasida uch kishi halok boʻldi

Pokiston qoʻshinlarining Afgʻoniston shimoli-sharqidagi Kunar viloyatiga bergan aviazarbasi oqibatida kamida uch kishi halok boʻldi. Yana bir necha kishi jarohatlandi.

Tolo News xabariga koʻra, zarba Nurgal tumaniga berilgan. Bir ayol va ikki erkak halok boʻlgan, yana ikki ayol va ikki erkak yaralangan. Paktika viloyatida uy va doʻkon hujumga uchragan, biroq u yerda hech kim halok boʻlmagan va jabrlanmagan.

Tolibon vakili Zabihulloh Mujohid Pokiston harbiylarining harakatlarini qoraladi va ularga «munosib javob» berilishini maʼlum qildi.

Aviazarba Pokistonning Xayber-Paxtunxva viloyati Kohat shahridagi politsiya mahkamasiga qilingan hujumdan ikki kun oʻtib sodir boʻldi. Oʻshanda xudkush terrorchi minalangan avtomobilda mahkama devoriga borib urilgan, shundan soʻng unga hamrohlik qilgan qurolli shaxslar oʻt ochgan edi. 31 kishi halok boʻlgan, 100 dan ortiq kishi jarohatlangan edi.

Hodisaning boshqa tafsilotlari keltirilmagan. Pokiston rasmiylari aviazarba haqidagi maʼlumotga izoh bermadi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.