Iqtisodiyot

Pokiston kompaniyasi O‘zbekistonda po‘lat ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda

Pokiston kompaniyasi O‘zbekistonda po‘lat ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda

O‘zbekistonning Pokistondagi elchisi Alisher To‘xtayev Pak Steel kompaniyasi direktori Hasan Farid bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekistonda po‘lat mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma investitsiya loyihalarini yo‘lga qo‘yish masalalari ko‘rib chiqildi.

Hasan Faridning ta’kidlashicha, Pokistonda elektr energiyasi narxining yuqoriligi po‘lat mahsulotlari tannarxiga hamda ularning tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Shu bois O‘zbekistondagi nisbatan maqbul energiya resurslari, sanoat zonalarida yaratilgan infratuzilma hamda investorlarga taqdim etilayotgan imtiyoz va preferensiyalar po‘lat ishlab chiqarish korxonasini tashkil etishda muhim omillar sifatida qayd etildi.

Tomonlar Pak Steel ishtirokida O‘zbekistonda, xususan, armatura mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma investitsiya loyihasini amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qildi.

Muzokaralar yakunida loyihalarni O‘zbekistonning tegishli vazirlik va idoralari bilan muhokama qilish, hamkorlikning keyingi bosqichi bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ishlab chiqish hamda kompaniya rahbariyatining O‘zbekistonga tashrifini tashkil etishga kelishib olindi.

Ma’lumot uchun, 1949-yilda tashkil etilgan Pak Steel Pokistonning po‘lat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi kompaniyalaridan biri hisoblanadi. Kompaniya armatura, deformatsiyalangan va oddiy po‘lat sterjenlar, shveller hamda boshqa metall prokat mahsulotlarini ishlab chiqaradi.

Avvalroq O‘zbekiston va Pokiston o‘zaro savdo hajmini 2 mlrd dollarga yetkazish masalasini muhokama qilgani haqida xabar berilgandi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.