Poʻlat Bobojonov boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan Prezident Administratsiyasidagi lavozimidan ozod etildi
Poʻlat Bobojonov boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan Prezidentning kadrlar masalalari boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi.

Poʻlat Bobojonov boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan Prezident Administratsiyasidagi lavozimidan ozod etildi
Poʻlat Bobojonov boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan Oʻzbekiston Prezidentining kadrlar masalalari boʻyicha maslahatchisi oʻrinbosari lavozimidan ozod etildi. Tegishli farmonni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti imzoladi.
Qaror Prezident Administratsiyasi tuzilmasini maqbullashtirish doirasida qabul qilingan.
Xususan, Prezident Administratsiyasi tuzilmasida Prezidentning kadrlar masalalari boʻyicha maslahatchisi lavozimi va tegishli boʻlinma tugatildi.
Shu bilan birga, ayrim ish yoʻnalishlari boshqa boʻlinmalar oʻrtasida qayta taqsimlandi. Xususan, Komplayens xizmati zimmasiga davlat mukofotlari va geraldika sohasida yagona davlat siyosatini yuritish masalalari qoʻshimcha ravishda yuklatildi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlik qilish va ularning faoliyatini muvofiqlashtirish ham Komplayens xizmatining qoʻshimcha vazifalari qatoriga kiritildi.
Yana bir oʻzgarish Prezidentning vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchisi boʻlinmasining ish yoʻnalishi kengaytirilishi boʻldi. Uning qoʻshimcha vazifalari qatoriga mahalla instituti faoliyati samaradorligini yanada oshirish kiritildi.
Kadrlar va tarkibiy oʻzgarishlar Prezident Administratsiyasi faoliyatini maqbullashtirish doirasida uning boʻlinmalari oʻrtasida vazifalarni qayta taqsimlashni nazarda tutadi.

