Layfstayl

Plyajdagi soyabonlar issiqdan qanchalik himoya qiladi? Tadqiqot kutilmagan natija berdi

Plyaj soyabonlari issiqdan qanchalik himoya qiladi? Tadqiqot kutilmagan natijalarni ko‘rsatdi.

Plyaj soyaboni yoki bostirma ostida issiqdan pana topish kutilganchalik samarali emasligi ma’lum bo‘ldi. Olimlar soya ostidagi harorat ochiq quyoshga nisbatan atigi 1 darajaga pastroq bo‘lishi mumkinligini aniqladilar.

Tadqiqot g‘oyasi olimlarning o‘zlari dam olayotgan paytda paydo bo‘lgan. Tadqiqot rahbari Georg Volfartning so‘zlariga ko‘ra, "Juda issiq edi. Hamkasblarimizdan biri soyabonga termal kamerani qaratdi. Uning yuzasi 70 darajagacha qiziganini ko‘rib, hayratda qoldik".

Insbruk universiteti ekologlari tomonidan Yevropa geofanlar ittifoqining Bosh assambleyasida taqdim etilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, soyabon matosi odamni to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nurlaridan himoya qilsa-da, matoning o‘zi kuchli qizib, issiqlikni atrofga tarqata boshlaydi. Qizigan qum ham qo‘shimcha issiqlik manbai bo‘lib, soya ostida ham issiqlik chiqarishda davom etadi.

Soyabon ostida odamga qanchalik qulay bo‘lishini aniqlash uchun tadqiqotchilar matematik model yaratdilar. Unda quyosh nurlanishi, soyabon va qumdan tarqaladigan infraqizil issiqlik, shuningdek, namlik, shamol va havo harorati hisobga olindi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, quyosh va soya o‘rtasidagi harorat farqi o‘rtacha atigi 1 darajani tashkil etadi. Hatto ertalab va kechqurun, quyosh ufqqa yaqin joylashganda, soyabon ostida ochiq joydagidan ham issiqroq bo‘lishi mumkin.

Endi olimlar o‘z xulosalarini real sharoitda tekshirish uchun amaliy tajribalar o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish uchun cookie fayllaridan foydalanamiz. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Siz qabul qilmaguningizcha hech narsa o‘lchanmaydi.