Siyosat

Piskent tumani hokimiga hayfsan berildi

Toshkent viloyati hokimining farmoyishi bilan Piskent tumani hokimi Muzaffar Aripovga intizomiy jazo chorasi qoʻllanildi. Hujjatda tuman hokimi davlat xizmatchisining kasb etikasini buzgani qayd etilgan.

**Piskent tumani hokimiga hayfsan berildi**

Piskent tumani hokimiga intizomiy jazo qoʻllandi. 13-oktabr kuni Toshkent viloyati hokimi shu haqdagi farmoyishni imzolagan.

Hujjatda qayd etilishicha, Piskent tumani hokimi Muzaffar Aripov Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktabrdagi “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori talablariga amal qilmagan. Shuningdek, u davlat xizmatchisining kasb etikasini buzgani ham ko‘rsatilgan.

Shu asosda Muzaffar Aripovga nisbatan hayfsan intizomiy jazo chorasi qoʻllangan.

Hujjatga asos sifatida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining taqdimnomasi, viloyat hokimligi Odob-axloq komissiyasi bayoni hamda Muzaffar Aripovning tushuntirish xati keltirilgan.

Avvalroq Piskent tumani hokimi fermerlarga yerini tortib olishini aytib, bosim qilgani xabar qilingandi. Hokim fermerlarga “hazillashmaslikni, oʻynashmaslikni, yeri narida tursin, jonini sugʻurib olishini” aytgan.

Shundan soʻng Fermerlar kengashi Muzaffar Aripovning harakatiga huquqiy baho berishni soʻrab prokuraturaga murojaat kiritganini, Biznes-ombudsman esa holat nazoratga olinganini maʼlum qildi. Piskent tumani hokimligi esa rasmiy munosabatida fermerlarning oʻzini aybdor qilib, “yer fermerning xususiy mulki emas”ligini bildirgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.