Pişloq, yogurt va qaymoq: ayrim mahsulotlarga bojsiz rejimni uzaytirmaslik taklifi tanqidga uçradi
2026-yil oxirida 56 turdagi isteʼmol tovarlari importidagi bojsiz rejim muddati tugaydi. Hukumat ularning aksariyati uçun nol stavkani yana bir yilga uzaytiriş, pişloq, yogurt, qaymoq, şokolad kabi qator mahsulotlarga esa imtiyozni uzaytirmaslikni taklif qilmoqda. Tadbirkorlikni qöllaş böyiça jamoatçilik kengaşi aʼzolari tovarlarga boj soliş narxlarni oşirişi va aholiga yuk bölişini taʼkidladi.

Pişloq, yogurt va qaymoq: ayrim mahsulotlarga bojsiz rejimni uzaytirmaslik taklifi tanqidga uchradi
27-oktabr kuni Prezident huzuridagi Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jamoatchilik kengashi yig‘ilishida ayrim oziq-ovqat mahsulotlari importiga boj solishni nazarda tutuvchi prezident qarori loyihasi muhokama qilindi.
Hozirda ko‘plab turdagi oziq-ovqat va isteʼmol mahsulotlari importi vaqtincha bojdan ozod qilingan, bu imtiyoz muddati 2027-yil 1-yanvargacha belgilangan. Taklif etilgan qaror loyihasi bilan aksar mahsulotlar uchun bojsiz tartibni uzaytirish nazarda tutilmoqda, biroq 9 turdagi mahsulot bo‘yicha imtiyoz muddatini o‘zgartirishsiz qoldirish taklif etilgan.
Loyihani taqdim etgan Tashqi savdo vazirligi masʼuli Sarvar Xo‘jayevga ko‘ra, amaldagi hujjatlar bilan 56 turdagi isteʼmol tovarlari importiga bojxona bojining nol stavkasi qo‘llanmoqda. Loyihada 45 turdagi mahsulot uchun imtiyozni to‘liq, ikkita tovar pozitsiyasi bo‘yicha esa qisman saqlagan holda, nol stavkani qo‘llash muddatini 2028-yil 1-yanvargacha uzaytirish ko‘zda tutilgan.
Quyidagi to‘qqiz turdagi mahsulotga esa amaldagi imtiyoz muddati tugaganidan keyin uni davom ettirish nazarda tutilmagan: quyultirilgan sut va qaymoq; yogurt; pishloq va tvorog; olma, nok va behi; shakarli qandolat mahsulotlari; shokolad; makaron; mineral va gazlangan suvlar; alkogolsiz ichimliklar.
Shu tariqa, bu mahsulotlar importiga bojlarni 2027-yil 1-yanvardan tiklash taklif etilyapti.

