Pensiyani ko‘paytirib berishni va’da qilgan hokim yordamchisi ushlandi
U mazkur va’da evaziga fuqarodan 15 mln so‘m olgan.

Pensiyani ko‘paytirib berishni va’da qilgan hokim yordamchisi ushlandi
Xorazm viloyatida pulni qaytarib bergan hokim yordamchisi qo‘lga olindi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyati boshqarmasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda Urganch shahar “Jambul” mahallasining tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchisi B.X. fuqaro Sh.Yu.ning ishonchiga kirib, go‘yoki yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali uning turmush o‘rtog‘i Z.K.ning yoshga doir pensiya miqdorini ko‘paytirib berishi evaziga 15 mln so‘mni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlangan. So‘ngra shu puldan 14,9 so‘mini Sh.Yu.ga qaytarib bergan paytda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

