Boshqa

Pedofilni tanish uchun mutaxassis koʻrsatmalari. Ular qayerda boʻladi?

Pedofiliyaga moyil boʻlgan ayrim shaxslar bolalar koʻp boʻlgan muhitda boʻlishga intiladi. Ularda aldamchilikka moyil yoki boshqa xulq-atvor buzilishlari kuzatiladi. Bolaligida jinsiy yoki jismoniy zoʻravonlikka uchraganlar ham pedofiliyaga moyil boʻladi.

Pedofilni aniqlash bo‘yicha mutaxassis tavsiyalari. Ular qayerda bo‘ladi?

Klinik psixolog Elchin Tolibov pedofiliyaga moyil bo‘lgan shaxslarning belgilari haqida so‘z yuritdi. Uning aytishicha, pedofiliyaga moyil ayrim shaxslar maktab, bog‘cha va bolalar ko‘p bo‘ladigan boshqa muhitlarda bo‘lishga intilishadi.

«Aslida pedofilizmga moyil bo‘lgan shaxslar birinchi navbatda o‘zini o‘sha muhitda ko‘proq topishga harakat qilishadi. Masalan bolalar bor bo‘lgan zonalar: maktab, bog‘cha, bolalar ko‘p bo‘lgan muhitlar topishga harakat qilishadi va aynan o‘sha yerga ko‘proq faoliyat yuritishga moyil bo‘lishadi. Birinchi mezonlardan biri hisoblanadi. Va aynan qo‘shimcha sifatida aytishimiz mumkin pedofilizmga moyil bo‘lgan insonlar ko‘pincha o‘sha aldamchilikka moyil, yoki bo‘lmasam aynan boshqa xulq-atvor buzilishlari bilan ko‘pincha birgalikda keladi.

Hozirgi paytgacha aynan o‘sha olimlar, tadqiqotlar pedofilizmning aniq bir sabablarini ochiqlab berish olmagan. Turli xildagi taxminlar bor. Aynan hattoki shunaqa bir nazariya ham borki o‘zi yoshligida jinsiy zo‘ravonlikka uchragan insonlarda pedofilizmga moyillik xavfi yuqoriroq bo‘lishi haqidagi tadqiqotlar ham mavjud hisoblanadi. Birinchi navbatda buni inobatga olishimiz kerak. Ikkinchidan bu haddan tashqari o‘sha zo‘ravonlik muhitida yashash. Bu jinsiy bo‘lishi mumkin, jismoniy zo‘ravonlik bo‘lishi mumkin. Mana shu zo‘ravonlik muhitida yashash ham insonni aynan bolalarga nisbatan o‘sha pedofilizmga moyillikni kuchaytirishi mumkin.

«Zo‘ravonlik xulq-atvor buzilishi bilan bog‘liqmi yoki pedofiliyami - birinchi navbatda, shuni ajratib olishimiz kerak. Masalan, ayrim hollarda inson alkogol yoki narkotik moddalar ta’sirida ham bunday xatti-harakatga yo‘l qo‘yishi mumkin. Bu holatlarni ham bir-biridan farqlash lozim, chunki ular alohida-alohida diagnozlar va tashxis mezonlariga ega», - deydi klinik psixolog.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.