Mahalliy

Pedagoglarning farzandlari uchun kontrakt toʻloviga chegirma joriy etilmoqda

2026/2027 oʻquv yilidan boshlab davlat oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat kunduzgi taʼlim shaklida tahsil olayotgan pedagoglarning farzandlariga toʻlov-kontrakt summasining 30 foizi miqdorida yillik chegirma beriladi. Uni rasmiylashtirish uchun kontrakt.edu.uz platformasi orqali ariza topshirish kifoya qiladi.

Pedagoglarning farzandlari uchun kontrakt toʻloviga chegirma joriy etilmoqda

Vazirlar Mahkamasining 17.09.2026 yildagi 501-son qarori bilan davlat oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga kirgan va tahsil olayotgan pedagoglarning farzandlariga toʻlov-kontrakt summasidan chegirma berish tartibi tasdiqlandi.

Hujjatga koʻra, 2026/2027 oʻquv yilidan boshlab davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirgan va tahsil olayotgan pedagoglarning farzandlariga har yili kontrakt toʻlovi summasining 30 foizi miqdorida chegirma beriladi.

Imtiyoz davlat oliy taʼlim muassasalarida bakalavriatning kunduzgi taʼlim shaklida tahsil olayotgan pedagoglarning farzandlariga tatbiq etiladi. Agar bir pedagogning bir nechta farzandi tahsil olayotgan boʻlsa, chegirma ularning har biriga alohida tayinlanadi.

Ushbu chegirma quyidagi tahsil oluvchilarga berilmaydi:

Toʻlov-kontrakt shartnomasini olish uchun kontrakt.edu.uz tizimi orqali ariza topshirish lozim. Arizani koʻrib chiqish jarayonida pedagog farzandining maqomi «Raqamli hukumat» tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali tasdiqlanadi. Shundan soʻng chegirma avtomatik ravishda qoʻllaniladi.

Arizalar vakolatli organ tomonidan ikki ish kuni ichida koʻrib chiqiladi. Bunda chegirma har bir oʻquv yili uchun bir marta beriladi.

Agar oʻqish davrida talabaning ota-onasidan biri — otasi yoki onasi — pedagoglar toifasiga kirmay qolsa, chegirma berish keyingi oʻquv yilidan boshlab toʻxtatiladi.

Hujjat Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasida davlat tilida eʼlon qilingan va 18.09.2026 yildan kuchga kirdi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.